Finalda maydonga eng kuchli jamoalar — Iqtisodiyot fakulteti va Tibbiyot fakulteti jamoalari tushdilar.
Tomoshabinlar hayajon bilan kuzatgan hal qiluvchi bahs nihoyatda murosasiz va g‘ayratli kechdi.
Yakuniy natijaga ko‘ra, ajoyib jamoaviy o‘yin, aniq paslar va kuchli iroda bilan Iqtisodiyot fakulteti jamoasi 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, SUPPER KUBOK sohibi bo‘ldi!
Tibbiyot fakulteti jamoasi esa butun musobaqa davomida bardavom va matonatli o‘yin ko‘rsatib, munosib ravishda 2-o‘rinni egalladi.
Barcha ishtirokchi jamoalar, murabbiylar, tashkiliy jamoa va sadoqatli muxlislarga minnatdorchilik bildiramiz!