Mazkur sport musobaqasi talabalar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va raqobat ruhini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Turnir davomida barcha jamoalar kuchli iroda, harakat va sportga bo‘lgan mehrini namoyon etdi.

3-o‘rin uchun bahsda Pedagogika fakulteti jamoasi kuchli va ishonchli o‘yin ko‘rsatib, Ijtimoiy fanlar fakulteti ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu natija ularga faxrli 3-o‘rinni taqdim etdi.

Final bahsida esa Iqtisodiyot va Tibbiyot fakultetlari o‘rtasidagi hal qiluvchi o‘yin yuqori tempda, keskin va murosasiz ruhda kechdi.

Yakuniy natijalar:

1-o'rin – Iqtisodiyot fakulteti

2-o‘rin – Tibbiyot fakulteti

3-o‘rin – Pedagogika fakulteti

Barcha ishtirokchilarga musobaqadagi faol ishtiroklari uchun tashakkur aytamiz.

Batafsil