Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tashkil etilgan “Talabalar ligasi” musobaqasining Toshkent shahar bosqichi nihoyasiga yetdi. Ushbu turnir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilmoqda.

Musobaqada poytaxtimizdagi 50 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari 8 ta guruhga bo‘lingan holda bellashdi. O‘tkazilgan qizg‘in bahslar natijasiga ko‘ra, “Alfraganus” jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi. 

Tabriklaymiz. Barakalla yigitlar!