Alfraganus universiteti Turizm fakulteti talabalari hozirda Polshaning Słupsk shahrida joylashgan Pomorski universitetida amaliyot o‘tamoqdalar.

Ushbu tashrif ikki oliygoh o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida amalga oshirilmoqda.

Talabalarimiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, mas’ul professorlar har bir talaba uchun individual tarzda mas’ul qilib biriktirilgan.

Talabalarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish ham alohida tashkil etilmoqda.