Alfraganus universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabasi hamda "AFU EKO" klubi rahbari Shoxrux Abdurahmonov O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan tashkil etilgan "ECO YOUTH SUMMIT" loyihasida faol ishtirok etdi.
![]() |
Loyiha doirasida ishtirokchilar ekologiya va barqaror rivojlanish mavzularidagi trening va seminarlar, soha ekspertlari bilan uchrashuvlar, jamoaviy ekologik tashabbuslar hamda liderlik va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.
![]() |
![]() |
Alfraganus universiteti talabalari nafaqat ta'limda, balki ekologik tashabbuslar va ijtimoiy loyihalarda ham faol ishtirok etib, jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishda davom etmoqdalar.




