Kuni kecha, Alfraganus universiteti vakillari Amerikaning Missuri shtatida joylashgan “Webster University”dan tashrif buyurgan delegatsiya a'zolarini kutib oldilar.
Ular o‘rtasida kichik doiradagi ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida ta'lim sohasidagi so‘nggi xalqaro yangiliklar ya’ni professor- o‘qituvchilar va talabalar uchun yo‘lga qo‘yilgan qo‘shimcha imkoniyat va vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
Muhimi esa, "Webster University" loyihalari asosida Alfraganus universitetida hamshiralik hamda oliy hamshiralik ishi yo‘nalishlarida alohida ta'lim tizimini joriy qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Uchrashuv yakunida ham memorandum loyihasiga kiritilishi lozim bo‘lgan aynan ana shu masala yuzasidan dastlabki shartlar va imkoniyatlar atroflicha ko‘rib chiqildi va o‘zaro kelishib olindi.
Shundan so‘ng, mehmonlar universitetimizning tibbiyot fakulteti talabalari uchun yaratilgan sharoitlar va “Alfraganus Hospital”dagi so‘nggi rusumda jihozlangan tibbiyot inventarlarini ko‘zdan kechirib, yuksak baho berdilar.
____
r r r r r r r Ma'lumot uchun, “Webster University” 1915-yildan boshlab Amerika Qo‘shma Shtatlarining Missuri shtati Sent-Luis shahrida tashkil etilgan xususiy universitet hisoblanadi va Missurining Webster Groves shahrida joylashgan. Bugungi kunda universitetning xalqaro kampuslari Osiyo va Yevropa mamlakatlarida o‘z eshigini ochgan. Toshkentdagi “Webster University” kampusi ham shular jumlasidan.