Alfraganus universiteti hamda Hindistonning Mata Sundri College for Women ta`lim muassasasi o`rtasida online tarzda hamkorlik muzokaralari bo`lib o`tdi.
Universitet rektori Muxammadismoil Maxmudov ishtirokida o`tkazilgan muloqotda ta`lim sohasining barcha yo`nalishlaridagi ko`plab masalalar muhokama qilindi.
Ular, hamkorlik aloqalari, universitetlar aro o`qituvchi hamda talabalar almashinuvi, ko`zda tutilayotgan online uchrashuvlar, darslar, kurslar, hamkorlikdagi seminar va konferensiyalar bo’yicha fikrlar almashdilar.
Kelgusida ikki universitet rahbariyati o`zaro rasmiy uchrashuvga taklif etildi.