Alfraganus universiteti hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi.

Institutning bugungi kundagi faoliyati, talaba-yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, yaratilgan shart-sharoitlar va moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishish, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida universitetimiz rektori hamda Tibbiyot, Ijtimoiy fanlar fakultetlari dekanlari Toshkent davlat stomatologiya institutida bo‘ldilar.

r r

Uchrashuv davomida tomonlarning takliflari tinglandi. Talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va ularning amaliyot jarayonlarini hamkorlikda tashkil etishga kelishib olindi.