Andijon shahrida karate WKF sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati davom etmoqda. Mazkur nufuzli musobaqada Alfraganus universiteti Sport faoliyati kafedrasi 1-bosqich magistratura talabasi Ibragim Adham hakam sifatida faoliyat olib bormoqda.

Universitetimiz vakilining mamlakat miqyosidagi musobaqada hakamlik faoliyatida ishtirok etayotgani uning kasbiy salohiyati, sport sohasidagi bilim va tajribasi hamda Alfraganus universitetida malakali mutaxassislar tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy natijasidir.