O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-16-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yuksaltirish maqsadida onlayn “Metodik marafon” tashkil etildi.
![]() |
Marafon doirasida Alfraganus universiteti professor-o‘qituvchilari ham o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar.
![]() |
![]() |
Jumladan, Pedagogika kafedrasi professor v.b., PhD Sharipova Guzal Sodiqovna “STEAM yondashuvi orqali o‘quvchilarda tadqiqotchilik va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida ma’ruza qildi.
![]() |
![]() |
Shuningdek, Psixologiya kafedrasi dotsent v.b., psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Bilolova Zamira Baxtiyarovna “Bolalar va qurolli mojarolar: psixologik xavfsizlik va idoralararo himoya” mavzusida o‘z tajriba va tavsiyalarini taqdim etdi.
![]() |
![]() |
Mazkur marafon pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni ommalashtirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.








