Hozirda Alfraganus universitetining tibbiyot yo‘nalishidagi talabalari Yekaterinburg shahrida malaka oshirish jarayonida ishtirok etishmoqda.
![]() |
![]() |
Malaka davomida ular:
— Ilg‘or tibbiy amaliyotlarni kuzatish;
— Tajribali shifokorlar bilan ishlash;
— Zamonaviy uskunalarda ko‘nikma orttirish;
— Haqiqiy klinik sharoitda bemorlar bilan muloqot qilish orqali professional tayyorgarliklarini mustahkamlashmoqda.
![]() |
![]() |
Bu tajriba ularga nafaqat nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, balki kelgusida mustaqil shifokor sifatida faoliyat yuritish uchun mustahkam asos bo‘lmoqda.