Xabaringiz bor, kuni kecha Alfraganus universitetining Ijtimoiy fanlar, Filologiya, Iqtisodiyot hamda Tibbiyot fakultetining professor-o`qituvchilari hamrohligida bir guruh talabalar Turkiyaning Necmettin Erbakan, Karabuk universitetlarida amaliyot jarayonlarini tashkil etish maqsadida jo`nab ketdilar.
Talabalarimiz amaliyot darslarini boshlab yubordilar. Unda eng avvalo mamlakatlar, universitetlar o`rtasidagi aloqalar haqida iliq fikrlar bildirildi. Prof. Dr. Mustafa ACAR o`zining “İktisadın Temel İlkeleri” mavzusidagi ilk ma`ruzasini o`qidi.
Kunning ikkinchi yarmida Necmettin Erbakan universitetiga tashrif buyurgan talabalar rektor bilan uchrashuvda bo’ldilar. Suhbat chog`ida talabalar o`quv muassasa haqida ko`plab ma`lumotga ega bo`ldi.
Ta`kidlash joiz, universitetlar o`rtasidagi kelishuvga asosan talabalarimizga ilk kundanoq mezbon talabalar biriktirilib, barcha amaliyot darslarida birga o`qib, tadbirlarda, sayrlarda birgalikda hamrohlik qilmoqdalar. Bu nafaqat ikki universitet balki ikki davlatlar o`rtasida do`stona munosabatlar va o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.