Alfraganus universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabasi Yo‘ldosheva Mashxura Xorazm viloyati hokimining “Hokim stipendiyasi” tanlovi natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilib, mazkur nufuzli stipendiya sohibasiga aylandi.

Ma’lumki, viloyatda istiqbolli o‘quvchi va talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2023-yildan boshlab Xorazm viloyati hokimining stipendiyasi ta’sis etilgan. Ushbu stipendiya yoshlarning ilmiy-intellektual salohiyatini rag‘batlantirish, ularni yangi yutuqlarga ilhomlantirishga xizmat qilmoqda.

Alfraganus universiteti jamoasi Yo‘ldosheva Mashxurani ushbu yuksak yutuq bilan samimiy muborakbod etadi hamda uning kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.