Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti talabasi Barno Yo’ldasheva ayni kunlarda Turkiyada ijodkorlar uchrashuvida qatnashmoqda. Ushbu uchrashuv Turkiyaning Alanya kultur merkezida tashkil etildi. Universitetimiz talabasining she’rlari Turkiya qalam sohiblari, shoir va shoiralari tomonidan yuksak baholandi va Turkiya ijodkorlari jamiyati talabamizning yangi kitobiga homiylik qilishini bildirdi. Kelishuv imzolanib, rasmiylashtirildi.