Alfraganus universiteti vakillari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston mehnat bozori transformatsiyasi: yangi tendensiyalar, asosiy o‘zgarishlar va innovatsion HR” xalqaro forumida faol ishtirok etdi.

Forum doirasida mehnat bozori, innovatsion HR boshqaruvi, sun’iy intellekt texnologiyalari hamda bandlik masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida universitet vakillari davlat va xalqaro hamkorlar hamda ish beruvchilar bilan bitiruvchilar bandligini ta’minlash va ta’lim hamda mehnat bozori integratsiyasini mustahkamlash yuzasidan fikr almashdilar.