Alfraganus universiteti vakillari Belarus davlat universitetining A.D. Saxarov nomidagi Xalqaro davlat ekologiya institutida universitet rahbariyati va vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida professor-o‘qituvchilar almashinuvi, stajirovkalar tashkil etish, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda ilmiy-tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
![]() |
Shuningdek, hamkorlikda ilmiy monografiyalar tayyorlash va xalqaro akademik aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.


