2026-yilgi Round University Ranking (RUR) xalqaro reytingi natijalariga ko‘ra, Alfraganus universiteti dunyo miqyosidagi oliy ta’lim muassasalari orasida 1187-o‘rinni, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida 14-o‘rinni egalladi.
E’tiborlisi, Alfraganus universiteti 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lishiga qaramay, qisqa vaqt ichida xalqaro akademik maydonda o‘z o‘rnini topib, nufuzli reytinglar ro‘yxatidan joy olishga muvaffaq bo‘ldi.
Round University Ranking (RUR) reytingi dunyo universitetlarini ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, xalqaro faoliyat va moliyaviy barqarorlik kabi muhim ko‘rsatkichlar asosida baholaydi.
Alfraganus universitetining eng yuqori natijalaridan biri moliyaviy barqarorlik yo‘nalishida qayd etilib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyo reytingida 887-o‘rinni egalladi.
Ushbu natija universitetda olib borilayotgan tizimli islohotlar, sifatli ta’lim muhiti, ilmiy salohiyat va xalqaro hamkorlikning izchil rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.

