🏛️ Alfraganus universiteti Raqamli texnologiyalar markazi tomonidan bugun (05.02.2025) universitet rasmiy veb-sayti yangilangan ko'rinishda ishga tushirilmoqda. Yangi saytda foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish asosiy vazifa qilib belgilandi. Har bir tuzilma sahifasi o'ziga xos dizaynda ishlab chiqilib, foydalanuvchilar uchun ma'lumotlarni topish va ko'rish yanada osonlashtirildi.

🔄 Eski sayt (www.old.afu.uz) bilan taqqoslaganda, yangi platformada sezilarli darajada rivojlanish va yangilanishlar amalga oshirilganini ko'rish mumkin.  🔒 Xavfsizlik bo'yicha, eski saytdagi mavjud kamchiliklar yangi saytda bo'lmasligiga alohida e'tibor qaratildi va ma'lumotlar bazasi kengaytirildi. Sayt zamonaviy web-texnologiyalar asosida yaratilgan bo'lib, xalqaro standartlarga javob beradi.

📚 Barcha tuzilmalar, jumladan markaz va bo'limlar, fakultet va kafedralar haqidagi ma'lumotlar yangilandi va doimiy ravishda yangilanib bormoqda. Ma'lumotlarni o'z vaqtida taqdim etgan universitet xodimlariga minnatdorchilik bildiramiz.

⚠️ Qo'shimcha ma'lumot: Yangi sayt Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi tomonidan 15 kun ichida, to'liq ishlab chiqildi. Saytdan foydalanish jarayonida texnik nosozliklar yoki ma'lumotlardagi nomuvofiqliqlarga duch kelsangiz, telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin.