Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 70110102 – Pedagogika mutaxassisligi magistrantlarining magistrlik dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Himoya jarayonida magistrantlar o‘z ilmiy tadqiqot ishlari natijalari, ilmiy yangiliklari va amaliy tavsiyalarini Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolariga taqdim etdilar.

Komissiya tomonidan magistrantlarning ilmiy salohiyati, kasbiy kompetensiyalari hamda tadqiqotchilik ko‘nikmalari yuqori baholanib, ularning aksariyati magistr akademik darajasini olishga tavsiya etildi.