Hafta doirasida talabalar uchun mazmunli va samarali mashg‘ulotlar tashkil etildi. Tadbirlar ularning bilimini mustahkamlash, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish va vatanparvarlik ruhini oshirishga xizmat qildi.
Talabalar kichik guruhlarda topshiriqlar bajardilar hamda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” mavzusida loyihalar taqdim etdilar. Ushbu jarayon yoshlarning milliy qadriyatlarga sodiqligini yanada mustahkamladi.
“Orientation week-2025” tadbirlari talabalarni oliy ta’lim jarayoniga moslashishga, ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga undamoqda.
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling