Alfraganus universitetida iqtidorli va faol talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli grant dasturlari joriy etilgan.

Grant turlari:
— Ijtimoiy grant (ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun)
— Xalqaro grantlar (xalqaro dastur va almashinuv imkoniyatlari uchun)
— Faollik grantlari (jamoat ishlarida faol ishtirok etgan talabalar uchun)

Joriy o‘quv yilida universitet tomonidan 100 ga yaqin talabaga grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Bu grantlar talabalarni bilim olishga rag‘batlantirish, ularning salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi.