Alfraganus universitetiga “BENFIKA” FUTBOL KLUBI rahbariyati vakillari tashrif buyurdilar.
Rektorimiz M.Maxmudov Portugaliyaning “BENFIKA” FUTBOL KLUBI akademiyasi rahbari Davide Gomes va klub koordinatori Miguel Reislarni kutib oldi hamda ular ishtirokida hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda mehmonlarimiz Yevropa futbolidagi bilimlari hamda tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.
r r r Yakunda universitetimizning Jismoniy tarbiya va sport fakulteti hamda ushbu klub hamkorligida sport sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash, futbolchilar malakasini oshirish bo’yicha vazifalar belgilab olindi.