Kuni kecha, Alfraganus universitetiga Chexiya respublikasi Praga menejment va texnologiyalar institutining Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Dr. Aleksandr Skrebeiko va ushbu universitet professori Dr.Umar Burkhanovlar tashrif buyurdilar.


Mehmonlar ishtirokida rasmiy hamkorlik uchrashuvi o`tkazilib, unda ikki universitetlar o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va qator amaliy ishlarni yo’lga qo’yish bo’yicha vazifalar belgilandi. Chexiyalik mehmonlar tomonidan o`rtaga tashlangan bir necha loyihalar qizg’in muhokama etildi.


Uchrashuvdan so’ng mehmonlar universitet bilan yaqindan tanishish maqsadida undagi yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari hamda amalga oshirilayotgan yangi loyihalarni ko`zdan kechirdilar.

Tashrif yakunida, ikki tomon hamkorlik aloqalari rasmiylashtirilib, memorandum imzolandi.