Alfraganus universitetining Filologiya fakulteti Xorijiy filologiya kafedrasi o`qituvchisi Kamola Usmanova bugungi kunda Rossiya Federatsiyasining Sankt– Peterburg shahrida joylashgan Sankt – Peterburg davlat universitetida bo`lib, ushbu taʼlim muassasasida ayni paytda o`tkazilayotgan “LII Международная научная филологическая конференция имени Людмилы Алексеевны Вербицкой” xalqaro konferensiyasida o`z maʼruzasi bilan ishtirok etmoqda.

Unda, universitetimiz ilmiy faoliyatiga qiziqish bildirilgan holda kelgusida hamkorlik qilish uchun o`zaro kelishuvlar belgilab olindi. Mazkur xalqaro konferensiya joriy yilning 26 - mart kuniga qadar davom etadi.