Turkiyada o‘tayotgan nufuzli TEKNOFEST-2025 xalqaro texnologiyalar festivalida Alfraganus universiteti delegatsiyasi universitet rektori A. Ismailov boshchiligida o‘z innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda.
Mazkur festival yoshlar ixtirolari, zamonaviy texnologiyalar, startap g‘oyalari va kelajakni belgilovchi innovatsion loyihalar namoyish etiladigan yirik xalqaro maydon bo‘lib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan minglab ixtirochilar o‘z g‘oyalari bilan qatnashmoqda.
Universitetimiz delegatsiyasi tomonidan taqdim etilgan loyihalardan biri — “Alfraganus kids” dasturi bo‘lib, u bolalarni 16 ta tilni samarali o‘rganishga yo‘naltirilgan innovatsion ta’lim loyihasidir. Ushbu loyiha nafaqat zamonaviy texnologiyalar asosida, balki interaktiv usullar orqali bolalarda til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
“Alfraganus kids” loyihasi TEKNOFEST festivalida katta qiziqish uyg‘otmoqda va xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholanmoqda. Bu esa universitetimiz ilmiy salohiyatini, yosh olimlar va ixtirochilarining g‘oyalarini dunyo miqyosida tanitishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.