Alfraganus universitetida Amerika qo‘shma shtatlarining nufuzli Logan universiteti delegatsiyasi bilan boshlangan uchrashuvlar ayni damda qizg‘in amaliy muzokaralar bosqichiga o‘tdi.

Ikki tomonlama muloqotlarda shunchaki rejalar emas, balki talabalarimiz va professor-o‘qituvchilarimiz taqdirida muhim rol o‘ynaydigan aniq loyihalar haqida so’z bormoqda.

Muzokaralar markazida nimalar bor?
— Global tajriba almashinuvi: Talabalar uchun xalqaro akademik mobillik hamda professor-o‘qituvchilarning AQShda malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish.
— Qo‘shma ta’lim dasturlari: Kelajakda har ikki oliygoh diplomini qo‘lga kiritish imkonini beradigan innovatsion loyihalar muhokamasi.
— Ilmiy hamkorlik: Zamonaviy laboratoriyalar va klinikalar negizida hamkorlikda tadqiqotlar olib borish va tibbiyot hamda ta'lim yo‘nalishlarida yangi standartlarni joriy etish.

Uchrashuvlarda har ikki universitet rahbariyati hamkorlik aloqalarini uzoq muddatli va strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga tayyor ekanliklarini bildirishmoqda. Tez orada imzolanishi kutilayotgan memorandum bu rejalarning huquqiy poydevori bo‘ladi!

Alfraganus universiteti bilan dunyo ta'lim tizimi sizga yanada yaqin!