Alfraganus universiteti va AQSHning Logan universiteti o‘rtasidagi ikki diplomli qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun barpo etilgan yangi zamonaviy o‘quv binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘quv binosi xalqaro standartlar asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish, talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida bunyod etildi.

Binoda zamonaviy auditoriyalar, amaliy mashg‘ulotlar xonalari va ilg‘or ta’lim texnologiyalari bilan jihozlangan o‘quv infratuzilmasi yaratilgan bo‘lib, u talabalar uchun qulay va zamonaviy ta’lim muhitini taqdim etadi.

Yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi Alfraganus universiteti va Logan universiteti o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy natijasi bo‘lib, ikki diplomli qo‘shma ta’lim dasturlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.