Alfraganus universiteti Talabalar akademiyasi YANGI LOYIHA asosida talaba-qizlar o‘rtasida o‘zgacha shukuhga ega "Alla ijrosida milliy tarbiya" ko‘rik-tanloviga start beradi.

O‘zbekona lutf, sharqona tarbiya metodlarini o‘rganishga qiziqasizmi? Unda bu tanlov aynan siz uchun!

Tanlov shartlari:

-- Alla ijrosi va ta’rifi: Milliy libosda, jonli ijro va allaning ma’nosini tushuntirib berish (5 daqiqa).

-- "Zukko voris": Milliy ma’naviyatimizga oid 7 ta qiziqarli savol-javob.

G‘oliblarni nimalar kutmoqda?

Rektor diplomlari, qimmatbaho maxsus sovg‘alar va eksklyuziv statuetkalar!

Muhim: Allani o‘zbek, rus, ingliz, turk va boshqa qator tillarda ijro etishingiz mumkin. Mualliflik allalari uchun qo‘shimcha ball beriladi!
Tanlov nizomi.

Murojaat uchun: @sherzodbek_1995