Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti talabalari o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash maqsadida Toshkent shahar 63-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amaliyot mashg‘ulotlarini olib bordilar.
![]() |
Talabalarga Xorijiy filologiya o‘qituvchisi Dilbar Aliyeva rahbarlik qildi. Amaliyot davomida ular maktab o‘quvchilari bilan turli interaktiv darslar o‘tkazib, o‘z pedagogik ko‘nikmalarini rivojlantirishda yanada qulay imkoniyatlarga ega bo‘ldilar.
![]() |
Dars jarayonlari nafaqat o‘quvchilar uchun qiziqarli va samarali kechdi, balki talabalar uchun ham kelajakdagi o‘qituvchilik faoliyati yo‘lida katta tajriba maktabiga aylandi.