Ayni kunlarda Alfraganus universiteti rektori Muxammadismoil Maxmudov rahbarligidagi delegatsiya Amerika Qo`shma Shtatlarining Mayami shahrida Comparative and International Education Society tashkiloti tomonidan o`tkazilayotgan 68-Xalqaro konferensiya va Ta'lim ko`rgazmasida ishtirok etmoqdalar.
Mazkur xalqaro konferensiyaga dunyoning ko`plab davlatlaridan minglab ekspertlar, joriy yil ham 4 ming nafardan ortiq olimlar, akademik personallar hamda biznes vakillari, Oliy ta`lim sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassis va martabali mehmonlar qatori, bu yil Alfraganus universiteti vakillari ham taklif qilingan.
Unda, universitetimiz faoliyatiga qiziqish bildirgan qator xalqaro tashkilotlar bilan o`tkazilgan muzokaralardan so`ng kelgusida hamkorlik qilish uchun o`zaro kelishuvlar belgilab olindi.
Mayamining “HYATT REGENCY MIAMI” mehmonxonasida o`tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida ta`lim tizimida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar uchun mo`ljallangan ko`rgazma ham tashkil qilingan va unda Alfraganus universitetini namoyon qiluvchi stendlar o`rnatilgan maxsus joy ham ajratilgan. Ushbu xalqaro konferensiya va Ta'lim ko`rgazmasi 14 - mart kuniga qadar davom etadi.