Alfraganus universiteti xalqaro maydonda o‘z o‘rnini yanada mustahkamlamoqda!

Amerika qo‘shma shtatlarining nufuzli Logan universiteti delegatsiyasi oliygohimizga tashrif buyurdi. Bu shunchaki uchrashuv emas — bu taʼlimdagi yangi, ulkan hamkorlik bosqichining boshlanishidir!

Muhim uchrashuvlar va muzokaralar: Har ikki oliy ta'lim muassasasi rahbariyati va vakillari istiqboldagi qo‘shma loyihalar yuzasidan qizg‘in muhokamalarni boshlab yuborishdi.

Tarixiy kelishuv: Tashrif doirasida ikki universitet o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolanadi. Bu talabalarimiz va professor-o‘qituvchilarimiz uchun yangi global imkoniyatlar eshigini ochadi.

Bizni kuzatib boring!