Alfraganus University va Amerika Qo‘shma Shtatlarining Logan University o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi asosida qo‘shma taʼlim dasturi boʻyicha qabul boshlandi!
Siz mazkur qoʻshma ta’lim dasturi doirasida ta’lim olib, xalqaro darajadagi diplomga ega bo‘lish imkoniyatini qoʻlga kiritishingiz mumkin. Ushbu dastur xalqaro standartlarga mos taʼlim olish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va kelgusida Amerika Qoʻshma Shtatlarida tibbiyot yoʻnalishida faoliyat yuritish imkoniyatini beradi.
Qo‘shma ta’lim dasturi Davolash ishi yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, ta’lim 4+2 gibrid formatda amalga oshiriladi.
Qoʻshma ta’lim dasturlari afzalliklari:
• ikki tomonlama diplom olish imkoniyati;
• AQSh da amaliyot oʻtash va malaka oshirish imkoniyati;
• xalqaro tajribaga ega professor-o‘qituvchilardan bilim olish;
• xalqaro standartlarga mos taʼlim olish;
• kelgusida AQSh da mehnat faoliyatini olib borish;
• Sent-Luis shahridagi yozgi maktablarda ishtirok etish.
Mazkur qoʻshma ta’lim dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga Alfraganus University va Logan University diplomlari beriladi.
Qo'shma ta'lim dasturi haqida quyidagi havola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin:
Qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha qabul platformasi orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin:

