Ayni kunlarda Alfraganus universitetida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan AQSHning Logan universiteti delegatsiyasi Samarqand shahrining tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida mehmonlar Go‘ri Amir majmuasi, Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi hamda Xo‘ja Doniyor maqbarasi bilan yaqindan tanishdilar. Delegatsiya a’zolariga ushbu tarixiy va muqaddas maskanlarning boy tarixi, ma’naviy ahamiyati hamda xalqimiz madaniy merosidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi.

Mazkur tashrif xorijiy hamkorlarni O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish hamda ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.