Bugun Ijtimoiy fanlar fakulteti katta o‘qituvchisi Madiyor Turdiyev hamda Bangladesh elchixonasi vakili Dr. Mohammad Monirul Islam o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar ta’lim va madaniy sohalarda hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashdilar.
![]() |
![]() |
Uchrashuvda asosan elchixona vakillarining yangi ochilayotgan klublar taqdimotida ishtirok etishga taklif etish, xalqaro munosabatlar yo’nalishi talabalari uchun ma’ruzalar hamda talabalar almashinuv dasturini yo‘lga qo‘yish, Bangladeshlik professorlarni darslarga jalb qilish, “Tour” klublar orqali O‘zbekiston–Bangladesh safarlari, talabalar uchun elchixonada amaliyot o‘tash imkoniyatlarini ochish kabi masalalar o’rtaga tashlandi.