Shu kunlarda rasmiy tashrif bilan Belarusiyada bo‘lib turgan Alfraganus universitetining delegatsiya vakillari bu safar Belarus Davlat universitetiga tashrif buyurib, hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuvda qatnashdilar.

Ularni BDU Ilmiy ishlar bo'yicha prorektor Bloxin Andrey Viktorovich, boshqarma boshlig'i Yankovskiy Oleg Nikolaevich, Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig'i Galinskiy Vladimir Mixaylovich qabul qildilar.


Muzokaralar davomida ko‘plab masalalar muhokama qilinib, ikki davlat universitetlar o`rtasida:

— Belarus-O'zbek ilmiy qo'shma grantlarda ishtirok etish;

— Yil davomida 200 dan ortiq konferensiyalarda ishtirok etish;

— Belarus Davlat universitetining Scopus bazasidagi mavjud 3 ta ilmiy jurnaliga maqolalar kiritish va unda ishtirok etish haqida takliflar berildi. 

Qizg`in va muzokaraga boy uchrashuv yakunida ikki universitetlar o‘rtasida  hamkorlik memorandumi imzolandi.