Belarusiyaning Minsk shahridagi Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining Ijroiya qo'mitasi, iqtisodiy taraqqiyot bo'yicha ishbilarmonlik markazi prezidenti maslahatchisi A.K.Sinkeevich mazkur mamlakatda bo‘lib turgan Alfraganus universiteti delegatsiya vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvdan maqsad, ta’lim turizm va sport sohasini rivojlantirish masalalari, shuningdek Alfraganus universiteti va MDH hududlaridagi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari ko'rib chiqildi.