Ayni kunlarda Alfraganus universiteti Tibbiyot fakulteti dekani Ozodjon Kuliyev boshchiligidagi fakultet delegatsiyasi xizmat safari bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turibdi.
![]() |
Tashrif doirasida Dubay shahridagi yetakchi xususiy tibbiyot klinikalari faoliyati o‘rganilmoqda. Xususan, klinikalardagi ish jarayonlari, shifokorlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, amaliy tajriba almashinuvi, bemorlarga xizmat ko‘rsatish tizimi bilan yaqindan tanishilmoqda.
Shuningdek, universitet bitiruvchilarining mazkur klinikalarda ishga joylashuv imkoniyatlari, hamkorlikdagi dasturlar va kelgusidagi istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
Mazkur tashrif tibbiyot sohasi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, talabalarning amaliyot o‘tash va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.