Alfraganus universiteti delegatsiyasi Dubaydagi Unique World Education markazida

Alfraganus universiteti tibbiyot yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan rahbariyat delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan Unique World Education markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya mazkur markazda tibbiyot sohasini tanlamoqchi bo‘lgan abituriyentlar bilan uchrashib, ularning tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro tajriba almashish, ilmiy va akademik hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Alfraganus universiteti bitiruvchilarining xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha fikr almashdilar. Alfraganus universiteti haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Natijada abituriyentlarning ko‘pchiligi yangi o’quv yilida Alfraganus universitetini tanlov qilishi haqida xohishlarini bayon qildilar. 

P/s:. Markaz haqida qisqacha: Unique World Education markazi NEET, JEE, KEAM kabi xalqaro tibbiyot va muhandislik oliy o‘quv yurtlari uchun kirish imtihonlariga tayyorlov kurslarini taklif etadi.)