Iqtisodiyot fakulteti Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishi talabalari o‘z ilmiy ishlarini yakunlab, bitiruv malakaviy ishlarini himoya qildilar. Har bir himoya ishi dolzarb muammolar hamda ilmiy yondashuvlardagi yangiliklar bilan boyitilib, tinglovchilarda ilmiy qiziqish uyg‘otdi.

Komissiya a’zolari himoya qilingan ishlar dolzarb ilmiy muammolarni yoritishga yo‘naltirilganini, bitiruv malakaviy ishlar yuqori saviyada himoya qilinganini ta’kidladi.