Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi bitiruvchi bosqich talabalari tomonidan bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayoni boshlandi.
![]() |
Talabalar ilmiy rahbarlari ko‘magida tayyorlagan ilmiy ishlarini kafedra a’zolaridan iborat komissiya oldida taqdim etib, mavzu yuzasidan o‘z bilim va tahliliy yondashuvlarini namoyish qilmoqdalar.
![]() |
Himoyalar davomida tilshunoslik, tarjimashunoslik va adabiyotshunoslik sohalaridagi dolzarb mavzular atroflicha yoritilmoqda.
![]() |
Bu jarayon bitiruvchilarning ilmiy salohiyatini, mustaqil fikrlash qobiliyatini va kasbiy tayyorgarlik darajasini amalda namoyon etmoqda.