Alfraganus universiteti Filologiya fakultetining 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi bitiruvchi talabalari tomonidan bitiruv malakaviy ishlar himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Himoya jarayonida talabalar lingvistika, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik, pragmatika, diskurs tahlili hamda til o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarida olib borgan ilmiy izlanishlari natijalarini Davlat attestatsiya komissiyasiga taqdim etdilar.

Taqdim etilgan ilmiy tadqiqotlar dolzarbligi, amaliy ahamiyati va innovatsion yondashuvlari bilan yuqori baholanib, bitiruvchilarning ilmiy salohiyati va kasbiy kompetensiyalari e’tirof etildi.