Alfraganus universiteti Sharq filologiyasi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 4-kurs talabalari tomonidan bitiruv malakaviy ishlar himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Himoya jarayonida talabalar o‘zlarining ilmiy izlanishlari, tadqiqot natijalari hamda amaliy xulosalarini hay’at a’zolari va ustozlar huzurida muvaffaqiyatli taqdim etdilar

Bitiruv malakaviy ishlari o‘zbek adabiyoti va tilshunosligining dolzarb masalalariga bag‘ishlanib, talabalarning nazariy bilimlari hamda ilmiy salohiyatini namoyon etdi.

Himoya davomida taqdimotlar va savollarga berilgan javoblar yuqori saviyada baholandi.