Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti Sharq filologiyasi kafedrasi Arab filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari tomonidan bitiruv malakaviy ishlari himoyasi o‘tkazildi.
![]() |
Talabalar o‘z ilmiy izlanishlari va tadqiqot natijalarini hay’at a’zolari hamda professor-o‘qituvchilar huzurida muvaffaqiyatli taqdim etdilar. Ishlar arab tili, tarjimashunoslik va tilshunoslikning dolzarb masalalariga bag‘ishlandi.
![]() |
![]() |
Himoya natijalari bitiruvchilarning bilim va ilmiy salohiyatini yana bir bor namoyon etdi. Sharq filologiyasi kafedrasi jamoasi barcha bitiruvchilarni muvaffaqiyatli himoya bilan tabriklaydi.




