Alfraganus universiteti Filologiya fakultetining 60111500 – Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari tomonidan bitiruv malakaviy ishlar himoyasi muvaffaqiyatli tashkil etildi.
![]() |
![]() |
![]() |
Himoya jarayonida bitiruvchilar rus tili va adabiyoti, uni o‘qitish metodikasi, adabiyotshunoslik hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar yo‘nalishlarida olib borgan ilmiy izlanishlari natijalarini Davlat attestatsiya komissiyasiga taqdim etdilar.
![]() |
![]() |
![]() |
Taqdim etilgan bitiruv malakaviy ishlarining dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati, shuningdek, innovatsion yondashuvlar asosida yoritilgani komissiya tomonidan yuqori baholandi. Himoya natijalari bitiruvchilarning ilmiy salohiyati, kasbiy tayyorgarligi va mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini yana bir bor namoyon etdi.







