Alfraganus universiteti Iqtisodiyot fakultetining 60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar hamda 60410200 – Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari 4-kurs kunduzgi ta’lim shakli bitiruvchi talabalari tomonidan bitiruv malakaviy ishlari himoyasi o‘tkazildi.
![]() |
![]() |
![]() |
Himoya jarayonida talabalar o‘z ilmiy izlanishlari natijalari, amaliy taklif va tavsiyalarini Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolariga taqdim etdilar. Talabalar tomonidan iqtisodiyot sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar, tahliliy yondashuvlar hamda amaliy ahamiyatga ega natijalar yuqori baholandi.
![]() |
![]() |
![]() |
Bitiruvchilarning ilmiy salohiyati, kasbiy tayyorgarligi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalari e’tirof etilib, ularga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.







