Alfraganus universiteti Iqtisodiyot yo‘nalishi bitiruvchi talabalari tomonidan bitiruv malakaviy ishlari himoyasi o'tkazildi.
![]() |
![]() |
Himoya jarayonida talabalar o‘z ilmiy izlanishlari natijalari, amaliy taklif va tavsiyalarini Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolariga taqdim etdilar. Talabalar tomonidan iqtisodiyot sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar, tahliliy yondashuvlar hamda amaliy ahamiyatga ega natijalar yuqori baholandi.
![]() |
![]() |
![]() |
Bitiruvchilarning ilmiy salohiyati, kasbiy tayyorgarligi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalari e’tirof etilib, ularga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.






