Alfraganus universiteti fakultet dekanlari, Karyera markazi xodimlari hamda bitiruvchi talabalar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan "Bitiruvchi yoshlar uchun mehnat yarmarkasi"da faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talabalar vazirliklar, davlat idoralari hamda turli korxona va tashkilotlar vakillari bilan bevosita muloqot qilib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish talablari, mehnat sharoitlari va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Mazkur mehnat yarmarkasi bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga tayyorlash hamda ish beruvchilar bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |






