13–14-mart kunlari yurtimizda e’lon qilingan umumxalq hasharida barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Hashar — ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ezgu an’ana va milliy qadriyatdir. Birgalikda qilinadigan mehnat yurtimiz obodligi, mahallamiz go‘zalligi va birdamligimiz ramzidir.
Qalbi obod insonning makoni ham obod bo‘ladi. Keling, atrof-muhitni yanada pok, go‘zal va fayzli qilishga o‘z hissamizni qo‘shaylik!

