Alfraganus universitetida Bolgariyaning Arxitektura, qurilish va geodeziya universiteti hamda Yevropa ta'limi instituti delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida oliy ta'lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum kadastr va tibbiyot yo‘nalishlarida qo‘shma ta'lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini tashkil etish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, uchrashuvda yaqin istiqbolda akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.