Bugun Toshkentda 10-TA'LIMDA TADBIRKORLIK UNESCO-APEID xalqaro konferensiyasi o’z ishini boshlaydi. Unga Alfraganus universiteti mezbonlik qiladi.
Ushbu konferensiya haqida:
— UNESCO tadbirkorlik ta’limi tarmog‘ida hamkorlikni kuchaytirish, yoshlar uchun innovatsion tadbirkorlik dasturlarini namoyish qilish va yoshlarning kelajagi uchun tadbirkorlik ta’limining muhimligini tadqiq qilishga qaratilgan.
Mazkur konferensiyaning 9-nashri 2023-yil oktyabr oyida Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan edi va unda UNESCO tadbirkorlik ta'limi tarmog'ining kelajagi hamda pandemiya va sun'iy intellektning ta'lim tizimlari va ish bozoriga ta'siri muhokama qilingan.
manba: UNESCO rasmiy sayti.